Citroen 13 000 dollarga eshik va oynalarsiz ixcham Buggy elektromobilini chiqardi

Fransuz avtomobil ishlab chiqaruvchisi dastlab 2021-yil dekabr oyida yoʻltanlamasdan ilhomlangan My Ami Buggy konseptini chiqargan va modelning ilk 50 donasi 18 daqiqadan kamroq vaqt ichida sotilgandi.

Koʻplab talablarga koʻra Citroen kompaniyasi oʻta ixcham shahar elektromobili My Ami Buggyʼning yangi versiyasini taqdim etdi. EV maxsus komplektatsiyasi oʻnta mamlakatda 13 000 dollardan sal koʻproq narxda sotuvga chiqariladi.

My Ami buggy 2,41 metr uzunlikdagi Citroen Ami elektromobiliga asoslangan boʻlib, 2020-yil aprel oyida chiqarilgan, boshlangʻich narxi 6 000 dollar atrofida. Citroen uni 17 yoshdan 77 yoshgacha boʻlganlar boshqara oladigan arzon elektromobil sifatida taqdim etmoqda.

Yangi versiya faqat birinchi 1000 mijozga 13 029 dollar boshlangʻich narxida taqdim etiladi.

5,4 kVt/soat quvvatga ega akkumulyator va 8 ot kuchidagi dvigatel bilan jihozlangan ultra ixcham elektromobil 46 milgacha yura oladi va 48 mil/soat tezlikka ega (u faqat shaharda foydalanish uchun moʻljallangan).

Buggy eʼtibordan chetda qolmaydigan noyob dizaynga ega. Bundan tashqari, disklarning oltin rangi ham oʻzgacha tus beradi.

My Ami Buggyʼning eshiklari va derazalari yoʻq (garchi uning plastik qopqoqlari va yoʻlovchilarni himoya qilish uchun suv oʻtkazmaydigan matolari bor). Buning oʻrniga, elektromobilda “haqiqiy erkinlik hissi” berish uchun ochiq maydon konseptsiyasi mavjud.

Citroen kompaniyasi My Ami Buggyʼni Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Belgiya, Gretsiya, Portugaliya, Lyuksemburg, Marokash va Turkiyada taqdim etadi. Buyuk Britaniyadagi sotuvlar 20-iyun seshanba kuni soat 14:00 da dastlabki 40 ta xaridor uchun ochiladi.

Cheklangan nashr versiyasini xarid qila olmaydiganlar uchun Citroen hali ham 10 000 dollardan boshlanadigan 100% elektr AMI ni taklif qilmoqda. Ayni paytda Citroen bugungi kunga qadar butun dunyo boʻylab 35 000 dan ortiq avtomobil sotganini aytmoqda.

Avvalroq Giglink.uz Oʻzbekistonda yagona boʻlgan, kam tirajda sotiluvchi BMW M3 F80 modeli koʻrsatilganini xabar bergan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08