BMW X5 va X6 2024 modellari taqdim etildi

Avtomobillar yangi dvigatellar bilan jihozlangan va bir qator oʻzgarishlarga ega.

Bundan ikki hafta oldin taqdimot uchun tayyor boʻlgan BMW X5 2023 koʻrinishi toʻliq namoyish qilinmagan edi. Nihoyat BMW rasmiy konfiguratorida yangi modelning toʻliq suratlari joylandi. Rasmiy taqdimot esa, tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra, 7-fevral kuni boʻlishi mumkin.

BMW yangilangan 2024-yilgi BMW X5 va X6 krossoverlari biroz qayta ishlangan interyer va yangi turbo quvvatga ega qatorli oltita dvigatel bilan jihozlangan.

Ikkala modelning ham old va orqa bamperlari yangilandi, M Sport Pro toʻplamida esa radiator panjarasi yangilanib yonadigan funksiya qoʻshildi, shuningdek mashinalar farasi ingichkalashtirildi.

Standart BMW X5 koʻplab yangi kumush elementlar: tomidagi reylinglari, korpus osti himoyasi kabilar bilan boyitildi. Saloni ishlanmasidan kelib chiqib M Sport yoki M60i darajasidagilarning kuzovlari “sakkiz burchakli old qism” koʻrinishda taqdim etiladi.

Interyerida ham bir nechta yangiliklar qilingan boʻlib, ular qatorida botiq displey va Operating System 8 eʼtiborni jalb qiladi. Yirik panelda 12,3 dyuymli koʻrsatkichlar paneli va 14,9 dyuymli axborot-koʻngilochar tizimidagi displeyi joylashgan. BMW yangi krossover “tugmalar va boshqaruv elementlari sonini sezilarli darajada qisqartirishini” faxrlanib maʼlum qilmoqda.

Feyslifting yangicha uzatish tizimi va yangilangan ajoyib yorugʻlik bilan taʼminlaydi. Salon butunlay Comfort Pack darajasidagi toʻplam bilan ishlangan, bunda standart va sport uslubidagi oʻrindiqlar bilan jihozlangan.

Sotuvda BMW X5ʼning xDrive30d, M60i yoki xDrive50e turlari taqdim qilinadi. Birinchisi, yanada yaxshiroq ishlaydigan zamonaviy koʻrinishdagi umumiy quvvati 294 ot kuchiga ega 48 voltli yumshoq gibrid tizimga ega boʻlgan olti silindrli qatorli dizelga ega. BMW X5 M60i ham xuddi shunday 48 voltli tizimga ega, ammo uning gibrid texnologiyasi 523 ot kuchidagi 4,4 litrli V8, elektr dvigatel va 25,7 kVt/soat kuchlanishdagi akkumulyator bilan uygʻunlashtirilgan. Elektr taʼminotining bir yetkazib berish masofasi taxminan 110 km ni tashkil qiladi.

BMW X6 xaridorlari uchun ham xuddi X5 ga oʻxshash quvvat uzaytmalariga ega 30d yoki M60i taqdim qilinadi. Ulanadigan gibrid oʻrniga X6 uchun xDrive40i yumshoq gibridi 375 ot kuchiga ega yangi qatorli oltita benzinli dvigateli bilan keladi.

X5 narxlari 80 168 AQSh dollaridan boshlanadi, yangilangan X6 esa boshlangʻich 87 672 AQSh dollari qiymatiga baholanmoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08