BMWdan eng tezkor elektromobil — 660 ot kuchiga ega BMW i7 M70 xDrive sedani

Yangi model 3,7 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi va 1 martalik quvvati 500 km dan ortiq masofaga yetadi.

Qiziqarli xususiyatlari orasida avtomatik muvozanatni saqlash funksiyasiga ega pnevmatik podveska, orqa gʻildirakning aylanish mexanizmi va M Sport tormozlari mavjud. Maksimal tezligi 250 km/soat.

Yangi model standart komplektatsiyasida massajli premium Executive Lounge oʻrindiqlari, asboblar paneli bilan birlashtirilgan katta displey va Bowers & Wilkins audiotizimi oʻrnatilgan.

BMW i7 M70 xDrive sotuvi 2023-yilning ikkinchi choragida boshlanadi. Narx hozircha eʼlon qilinmagan, ammo bozor mutaxassislari uni 150 ming dollardan boshlanishini taxmin qilmoqda.

Avvalroq Giglink.uz yangi BMW M2 egasiga yetib bormasidan avtohalokatga uchragani haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08