Bitta Spark qiymatiga teng BYD gibrid elektromobili

BYD kompaniyasi yangi Seagull elektromobilining suratlarini rasman taqdim qildi. Gibrid avtomobillar ishlab chiqarishga urgʻu beradigan BYDʼning yangi modeli ham xuddi shu turdagilardan boʻlishi tasdiqlangan.

Hozircha avtomobil faqat bitta yashil rangda ishlab chiqarilgan va tez orada boshqa ranglari ham chiqishi kutilmoqda. Xaridorlarga ikki turdagi dvigatel varianti taqdim etilmoqda, xabar bergan CarsWeek.

Asosiy versiya 75 ot kuchiga ega va 305 km masofa yuradi. Agar sizga kuchliroq versiya kerak boʻlsa, u holda 102 ot kuchi va 405 km quvvat zaxirasiga ega varianti ham bor.

Mashina joriy yilning aprel oyida boʻlib oʻtadigan Shanxay avtosaloni taqdimotida namoyish qilinadi. Mashina narxi ham ushbu taqdimot jarayonida eʼlon qilinadi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, u 11 610 dollardan 14 500 dollargacha baholanishi mumkin.

Albatta bu narxga siz Sergeli avtomobil bozoridan deyarli yangi Chevrolet Spark sotib olishingiz mumkin.

Avvalroq O‘zbekistondagi ikkilamchi avtomobil bozorida narxlar tushayotgani, Nexia 3, Cobalt, Damas narxlari pastlayotgani haqida xabar bergandik.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08