Bir vaqtlar BYD ustidan kulgan Ilon Mask endi unga tan berdi

2011-yilda Bloomberg’ga bergan intervyusida Mask BYDni elektromobil sohasida Teslaga raqib deb atagan muxbirning gapidan kulib yuborgan va BYDni umuman raqobatchi sifatida koʻrmasligini aytgandi.

Ilon Mask xitoylik elektromobil ishlab chiqaruvchilari va mamlakatdagi ish etikasi, ayniqsa Tesla 2019-yil oxirida Shanxayda oʻzining birinchi xorijdagi avtomobil yigʻish zavodini ochganidan keyin hayratda ekanligini yashirmadi.

Oʻtgan yanvar oyida kompaniyaning eng katta raqobatchisi nomini aytishni soʻrashganida, Tesla bosh direktori aniq qaysidir brend nomini aytmay, “Xitoy kompaniyasi” deb javob berdi.

“Ular juda qattiq ishlaydi va aqlli hisoblanishadi. Taxminimcha, Xitoyning baʼzi kompaniyalari Tesladan keyin ikkinchi oʻrinda turishi mumkin”, dedi Mask. U, ehtimol, Xitoyning eng taniqli elektromobil ishlab chiqaruvchilari — BYD, Nio va XPeng kabi kompaniyalarni nazarda tutgandi.

BYD aslida Teslaʼdan koʻra koʻproq elektrlashtirilgan transport vositalarini sotadi, ammo shuni aytish kerakki, uning savdo statistikasiga plagin gibridlari (PHEVs) va akumulyatorli elektr transport vositalari (BEVs) kiradi.

2022-yilda BYD butun dunyo boʻylab 1,85 milliondan ortiq plaginli elektr transport vositalarini sotdi, ulardan 946 238 tasi elektr transport vositalari edi. Bu oʻtgan yili butun dunyo boʻylab 1,3 million elektromobil yetkazib bergan Teslaʼdan kam natija emas. Kompaniya ayni paytda “navbatdagi keskin burilishga tayyorlanayotgani” va dunyo elektromobil bozorini zabt etishga qaror qilgani ham hech kimga sir emas.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar
24 iyul, 15:08